Evro–2016 turniri 1-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing

10:02, 16 iyun

UEFA Evropa chempionati guruh bosqichi 1-tur ramziy terma jamoasini e`lon qildi.  

Unga ko`ra har bir chiziq vakili Player Barometer dasturi orqali tanlab olindi. Dastur real rejim vaqtida futbolchilarning xatti-harakatini inobatga olgan holda uning samaradorligini hisolablaydi. 

Quyida 1-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Manuel Noyer

Himoyachilar: Xordi Alba, Jerar Pike, Shkordan Mustafi, Xuanfran

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante, Erik Dayer, Toni Kroos, Dmitriy Payet

Hujumchilar: Krishtinu Ronaldu, Garet Beyl.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!