FVV “Next” savdo markazida taktik-o`quv mashg`ulotlari o`tkazdi

11:14, 16 iyun

Toshkentdagi "Next" savdo-ko`ngilochar markazida chorshanba kuni maxsus taktik o`quv mashg`ulotlar bo`lib o`tdi. Bu haqda "Sputnik" nashri  xabar bermoqda

FVV vazirligi vakili xabariga asosan, o`quv-mashg`ulotlari yong`in yoki er qimirlashi vaqtida, xaridorlar va markaz ishchilarini evakuasiya qilish va qutqaruv ishlari amalga oshirishni nazarda tutgan.

“Kuniga 10 mingdan ziyod odam tashrif buyuradigan, bunday yirik savdo markazida, o`quv mashg`ulotlari birinchi bor o`tkazildi”, — dedi vazirlik vakili.

Toshkentda iyun oyi boshidan beri Toshkent IIV Boshqarmasi taaluqli vazirliklar bo`limlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf qilish bo`yicha, maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkazib kelmoqda. Toshkentda 23-24 iyunda o`tishi kutilayotgan ShHT sammiti arafasida ushbu o`quv mashg`ulotlari muntazam ravishda va keng ko`lamda o`tkazilmoqda.

O`quv mashg`ulotlari maxsus xizmatlar, faqvulodda vaziyatlar vazirligi, sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa tezkor yordam ko`rsatish xizmatlari faoliyatini o`zaro muvofiqliashtirishga qaratilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!