Braziliya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

11:30, 16 iyun

Kecha, 15 iyun kuni Braziliya futbol konfederasiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Karlos Dungani iste`foga chiqardi

AFP agentligining ma`lum qilishicha, Karlos Dunga o`rniga Braziliya termasini “Korintians” klubi ustozi Tite boshqaradi. Klub prezidenti Roberto de Andrade ushbu xabarni tasdiqladi.

Eslatib o`tamiz, Karlos Dunga boshchiligidagi Braziliya termasi Kopa Amerika turnirida Gaiti termasini yirik hisobda mag`lub qildi, Ekvador bilan durang o`ynadi va Peruga yutqazdi. Braziliya 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!