17 iyun kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12:03, 16 iyun

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 iyun kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 20-25,  kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24,  kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 18-23,  kunduzi 28-33  daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi. G`arbdan  esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 20-25,  kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23,  kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13,  kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!