Rasman: “Real” xavbeki “Vilyarreal”ga o`tdi

12:56, 16 iyun

“Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi, o`tgan mavsumning ikkinchi qismini “Valensiya”da o`tkazgan Denis Cherishev faoliyatini “Vilyarreal” jamoasida davom ettiradigan bo`ldi, deb ma`lum qilmoqda Marca. 

Rossiyalik futbolchi “sariq suvosti kemasi” bilan 2021 yilga qadar mo`ljallangan shartnoma tuzdi. “Real” ushbu transferdan 7 million evro ishlab oldi. 

Qayd etish joiz,  Cherishev uchun “Vilyarreal” begona emas. U mazkur klubda 2014/15 yilgi mavsumda to`p surgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!