AQShda uyga kirib qolgan bug`u bolasi vanna qabul qilmoqchi bo`ldi

15:18, 16 iyun

AQShda odam yashaydigan uyga kirib qolgan bug`u bolasi vanna qabul qilmoqchi bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Voqea Kolorado shtatining Jefferson okrugida bo`lib o`tdi. Uy  egalari bug`u bolasini yarador deb o`ylab, polisiya chaqirishdi. Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari bug`u bolasining soppa-sog`ligini aniqladi. “Adashib qolgan bug`u bolasi kechqurun cho`milish vaqti bo`ldi deb o`ylagan va Evergrinlarning uyiga kirib, vanna qabul qilmoqchi bo`lgan”, deb hazillashdi polisiya xodimlaridan biri.

Polisiyachilar bug`u bolasini vannadan chiqarib, onasining yoniga qo`yib yubordi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!