Juda issiq choy yoki qahva saratonni keltirib chiqarishi aniqlandi

15:19, 16 iyun

Juda issiq ichimliklarni iste`mol qilish oshqozon rakini keltirib chiqarishi mumkin. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi Xalqaro saratonni o`rganish tadqiqot agentligi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar bermoqda. 

Tadqiqot ustida 23 nafar olim ish olib bordi. Ular ishining natijalari esa «Lanset» tibbiyot jurnalida e`lon qilindi. «Alohida alomatlarning ko`rsatishicha, juda issiq ichimliklarni iste`mol qilish oshqozon saratoniga olib keladi», — deyiladi olimlarning xulosasida. Bu erda gap harorati 65 daraja Selsiydan oshadigan ichimliklar haqida ketmoqda.

Qahva yoki choyning me`yoridagi harorati 60 darajadan past bo`lishi tavsiya etiladi. Eron, Turkiya va Janubiy Amerika mamlakatlarida mazkur ichimliklar harorati belgilangan me`yordan oshishi aniqlangan. Ushbu davlatlar aholisi 70 darajadan issiqroq qahva yoki choyni ichishni xush ko`radi.

Ayni paytda olimlarning ishchi guruhi qahvaning rakni keltirib chiqaruvchi ichimlik emasligini qayd etib o`tishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!