Dilshodbek Kattabekov: “Turmush o`rtog`im bo`ladigan qizlarga kasting e`lon qilganman”

16:43, 16 iyun

Aktyor Dilshodbek Kattabekov shu yilning oxiri yoki keyingi yilda bo`ydoqlik bilan xayrlashadi. Bu haqda aktyor “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o`tdi. 

“Uydagilar ‘Sevgan qizing bo`lsa ayt, sovchilikka boraylik’, deb qo`yishmayapti. Sevgan qizim yo`qligidan menga turmush o`rtoq bo`la oladigan qizlar uchun ‘kasting’ e`lon qilganman. Qiz izlayapmiz, uchrashuvlar degandek”,—deydi aktyor. 

Dilshodbek bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yiladigan talablarni quyidagicha sanab o`tdi: 

“Meni tushunadigan, yo`qchilik, qiyinchiliklarga duch kelganda sabrli, behuda rashk qilmaydigan va eng muhimi ishonadigan, yaxshi-yomon knimda menga kuch bag`ishlab turadigan rafiqam bo`lishini istayman”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!