Ma`mur Sultonov rafiqasi Sevara Solievaga ilk sevgi izhori haqida so`zlab berdi

17:13, 16 iyun

Ma`mur Sultonov rafiqasi, aktrisa Sevara Solievaga ilk sevgi izhori qanday bo`lgani haqida so`zlab berdi. 

“Madaniyat va san`at institutida kursdosh edik. U bilan bir partada o`tirardik. Sevara birinchi bosqichda Yolqin To`ychievning ‘Poyma-poy’ filmida suratga tushgandi. Ta`til vaqtida film ekranga chiqib, mashhurlikka erishganiga qaramay, xarakteri o`zgarmaganidan unga nisbatan hurmatim oshgan. Birinchi kursdayoq yoqtirardim. Har safar ‘Siz menga yoqasiz’, desam buni xazil sifatida qabul qilardi. Ikkinchi bosqichda informatika darsida kompyuterga ‘Men sizni sevaman’ deb yozganman. Sevara so`zlarimni o`chirib, ‘Ishonmayman’, deb xonadan chiqib ketdi. o`shandan keyin munosabatlarimiz jiddiylasha boshladi. Sevaraning odobi, xushchaqchaqligi ma`qul kelgani uchun umr yo`ldosh sifatida ko`rdim. 

‘Ota-onam nima desa, o`sha bo`ladi’, deganidan keyin tezda sovchi jo`natganman”,—deydi Ma`mur Sultonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida. 

Ma`lumot uchun, Sevara Solieva va Ma`mur Sultonovning o`g`il farzandi bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!