Toshkentda erta tongda mudhish YTH sodir bo`ldi(Foto)

11:28, 17 iyun

Toshkentning Qushbegi mavzesida bugun, 17 iyun kuni erta tongda Captiva va Mercedes avtomobillari ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.  

Voqea guvohlarining ma`lum qilishicha,YTH Captiva haydovchisining uxlab qolishi oqibatida sodir bo`lgan. Suratlarda Captiva`ning katta tezlik bilan kelib, yo`l chetidagi ustunni urib, yiqitib yuborganini ko`rish mumkin. Biroq, katta tezlikda kelayotgan avtomobil ustunga urilib ham to`xtamagan. Avtomobil yuvish shahobchasi yonida turgan Mercedes avtomobiliga kelib urilgan va unga ham jiddiy zarar etkazgan.  

 

YTH oqibatida jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilgan.

   

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!