Janubiy Koreyada bekorchilar chempionati o`tkazildi

11:37, 17 iyun

Janubiy Koreyaning Seul shahrida bekorchilar chempionati o`tkazildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

Mazkur chempionatda 70 ga yaqin odam qatnashdi. Ular 90 daqiqa davomida hech nima qilmay, bekorchilik bilan shug`ullanish uchun shahardagi istirohat bog`laridan biriga to`plandilar. Bu musobaqaning nomi Space Out Competition bo`lib, u 2014 yildan beri o`tkazib kelinadi. Uni rassom Vups Yan o`ylab topgan.

Musobaqa qatnashchilariga telefondan foydalanish, gaplashish, soatga qarash, uxlash, kulish taqiqlanadi. Har 15 daqiqada ishtirokchilarning pulsi tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida kimning yurak urishi me`yorida bo`lsa, o`sha odam g`olib hisoblanadi.

Vups Yanning ma`lumot berishicha, musobaqada qatnashish uchun 70 ta joyga 2 mingta odam da`vogarlik qilgan. 70 ta odamni tanlab olish uchun, yana kichkina tanlov o`tkazishga to`g`ri kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!