Dog`istonda jangarilarga qarshi jang ketmoqda

11:47, 17 iyun

Dog`istonning Derbent tumanida huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan kontrterrorchilik tadbiri davomida jangarilar bilan jang ketmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Gejux qishlog`i yaqinidagi o`rmon hududida yashovchi jangarilar guruhi aniqlangan, ammo ular taslim bo`lishni istamay, huquq-tartibot idorasi xodimlariga qarata o`t ochishgan. Hozirda jang ketmoqda.

Ilgari Dog`istonning Sulaymon-Stal tumanida o`tkazilgan maxsus tadbir davomida huquq-tartibot idorasi xodimlari tomondan 4 nafar jangari yo`q qilingani ma`lum qilingan edi.

Derbent tumanida esa 2016 yil fevral oyidan beri kontrterrorchilik tadbiri o`tkazib kelinmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!