O`ylab ko`ring: Umringizni nimalarga sarflayapsiz?

12:44, 17 iyun

Turli gajetlarga to`la zamonaviy dunyo shu darajaga etdiki, inson o`zini odamlar orasida ham yolg`iz his qiladigan bo`lib qoldi. Odamlar kamgap, bir-biri bilan kam muloqot qiladigan jonzotlarga aylandi, deydi “Interesno.cc” nashri.

Ekranning ortida, ko`zga ko`rinmaydigan suhbatdosh bilan gaplashish oson. Chunki u sizning tashqi qiyofangizni, noo`rin hazillaringizni tanqid qilmaydi. Real hayotdagi odam bilan gaplashish esa biroz qiyinchilik tug`diradi, chunki uni xafa qilmaslikka, ko`ngliga qarashga, odob bilan gaplashishga harakat qilish lozim. 

Bunday holatni me`yoriy hol deb hisoblaysizmi? Farzandlaringiz haqida o`ylang. Ular “robot” onasidan o`rnak olishadi va bu holatni tabiiy deb hisoblashadi. Bolani planshetsiz, smartfonsiz, o`yinli pristavkalarsiz o`zingiz o`ynata olmaysizmi? Unda siz qanday onasiz?

Ko`zingizni ekrandan uzing, atrofingizga bolalaringizni yig`ib, ular bilan o`yin o`ynashga kirishing. Bir marta ular bilan yaqinlikni tuydingizmi, dunyoda yaqin odaming bilan muloqot qilishdan, o`ynab-kulishdan ortiq baxt yo`qligini his qilasiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!