“Jaziramada D vitamini man etiladimi?”

15:56, 17 iyun

–  Yozda baliq moyi kabi tarkibida D vitamini bo`lgan preparatlar taqiqlanar ekan. Agar avvaldan mazkur vitaminni qabul qilib kelayotgan bo`lsam, endi to`xtatib turishim kerakmi?

Asal Ibragimova, Toshkent viloyati 

–  Yoz faslida ultrabinafsha nurlari terimizga D vitaminini ulashadi. Demakki organizmimiz mazkur vitaminni o`zi ishlab chiqara oladi. Ertalabki soat 11:00 gacha sayr qilish D vitamini zahirasini to`ldirish uchun etarli bo`lib, uni preparat ko`rinishda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, tuxum sarig`i va sut – qatiq mahsulotlari etarlicha iste`mol qilinsa D  vitamin taqchilligi kelib chiqmaydi. Sizning vaziyatingizda davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashishni va ko`proq ovqatlanish rasioniga e`tibor qaratishingizni tavsiya qilaman.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!