O`zbekistonda UnionPay xalqaro kartalari amalga kiritiladi

16:28, 17 iyun

2016 yilning 20 iyunida Yagona umumrespublika prosessing markazi UnionPay International kompaniyasi bilan birgalikda O`zbekistonda UnionPay xalqaro kartochkalari ekvayringi bo`yicha loyihasining ochilish marosimini o`tkazmoqda.

Marosim O`zbekiston banklari Assosiasiyasi binosida bo`lib o`tadi. Marosimda China UnionPay Prezidenti janob Shi Venchao boshchiligidagi UnionPay delegasiyasi ishtirok etadi.

UnionPay International to`lov tizimi – bu yirik va jadal rivojlanayotgan Xitoy to`lov tizimi bo`lib, u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy banki ko`magida 2002 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda dunyo bo`ylab to`lov tizimining 3,5 milliarddan ortiq kartochkalari emissiya qilingan. UnionPay kartochkalariga dunyoning 143 mamlakatida, xususan 1 mln.dan ortiq bankomat xizmat ko`rsatadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!