Buyuk Maradona o`z hamyurtidan voz kechdi

16:32, 17 iyun

Argentina terma jamoasi sobiq a`zosi Diego Maradona hamyurti va “Inter” hujumchisi Mauro Ikardini tanqid ostiga oldi.

Ikardi boshqa bir argentinalik futbolchi Maksi Lopes bilan yaqin do`st edi. Ammo Ikardi Lopesning dugonasini Vanda Narani o`ziga chorladi va unga uylanib oldi.  

“Ikardini Argentina olimpiya termasiga chaqirishadimi? Ikardi endi men uchun mavjud emas. Uning Lopesga nisbatan qilgan ishi adolatsiz va hunukdir. Bundan odamlar men uchun o`lgan”, – dedi Maradona.

Maksi Lopes bilan bo`lib o`tgan mojarodan so`ng Ikardini Argentina termasiga chaqirmay qo`yishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!