Xonanda Dilso`z turmush o`rtog`i bilan duet kuyladi

16:36, 17 iyun

“Jonimni ozori” deb nomlangan ilk qo`shig`i bilan muxlis orttira boshlagan xonanda Dilso`z (Go`zal Jumaniyozova) turmush o`rtog`i, xonanda Farruh Raimov bilan duet ijro etdi. 

Bu haqda xonanda “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida ma`lum qildi. 

“Yaqin kunlarda muxlislar kutganidan ham a`lo darajada kuylangan duetimizni taqdim etamiz. Qo`shiq nomini esa hozircha sir tutganim yaxshi, chunki bizda g`oya o`g`rilari judayam ko`paygan”,—deydi Dilso`z Farruh Raimov bilan duet kuylaganini ma`lum qilar ekan. 

Avvalroq, xonanda o`ziga juda o`xshash qizchaning suratini Instagram`ga joylashtirgani haqida xabar bergan edik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!