FVV: Bo`zsuvga cho`kkan o`smirning jasadi uchinchi kun topildi

22:20, 17 iyun

FVV vakilining bergan ma`lumotiga ko`ra, 29 may kuni shaharning Bo`zsuv kanaliga cho`kib ketgan o`smirning jasadi uch kun qidirildi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana” nashri. 

FVV ning qutqaruv ishlari bilan shug`ullanuvchi maxsus otryadi g`avvoslari 17 yoshli o`smirning jasadini shaharning Shayhontoxur tumani hududidagi Gidroelektrostansiyadan topishdi. Toshkent shahar FVV boshqarmasi boshlig`i muovini Husan Bobonovning ma`lumot berishicha, besh o`smir taqiqlangan joyda cho`milgan. Ularning barchasi bir paytda suvga sho`ng`igan, halok bo`lgan bola suvdan qaytib chiqmagan. Uning suvdan chiqmaganligini ko`rgan o`rtoqlari yordam berish o`rniga, qirg`oqdagi kiyimlarini yig`ishtirib, voqea joyidan qochib ketgan. Cho`kkan bolaning kiyimlarini va telefonini topgan notanish kishilar uning ota-onasiga qo`ng`iroq qilgandan so`ng qidiruv ishlari boshlangan. 

Qonunbuzarlarni qo`lga olish maqsadida FVV xodimlari har kuni poytaxtdagi kanallarda maxsus reydlar o`tkazib keladi. Qonunga binoan taqiqlangan joylarda cho`milgan odam ichki ishlar idorasiga olib kelinib, eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha bo`lgan miqdorda jarima to`laydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!