Qushbegidagi Captiva va Mercedes ishtirokidagi YTH videosi paydo bo`ldi(Video)

14:09, 18 iyun

17 iyun, juma kuni Toshkent shahri Qushbegi mavzesida Captiva va Mercedes avtomobillari ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgani va oqibatda har ikkala avtomobil ham jiddiy zarar ko`rgani haqida xabar bergan edik

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTHning videosi joylandi. Video Qushbegi mavzesidagi avtosalon kuzatuv kameralaridan yozib olingan. Videoda katta tezlik bilan kelgan Captiva avtomobilining yo`l chetida turgan Mercedes`ni urib, bir necha metr masofaga sudrab borib, majag`laganini ko`rish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!