Yozda junli yopinchiqqa o`ranib olgan Anjelina Joli muxlislarini hayratga soldi

10:37, 20 iyun

Gollivud aktrisasi Anjelina Jolining ahvoli aktrisaning butun dunyodagi muxlislarida xavotir uyg`otmoqda, deb yozadi “Vesti” nashri. Aktrisaning salomatligi yuzasidan hech qanday rasmiy ma`lumot berilmayotgan bo`lsa-da, uning ahvoli tobora og`irlashib borayotganini bir qarashdayoq anglash mumkin. 

Bundan uch yil avval Joli ko`krak bezi saratonining oldini olish maqsadida ko`krak bezlarini oldirib tashlagan edi. Paparassi aktrisaning har bir qadamini taqib qilmoqda va bundan olinayotgan xulosa yangi mish-mishlarga sabab bo`lmoqda. 

Yaqinda paparassichilar Los-Anjelesdagi supermarketdan chiqayotgan aktrisani suratga olishdi. Ko`chada havo harorati 30 daraja issiq bo`lishiga qaramay aktrisa junli yopinchiqqa o`ranib olgan va ko`rinishi bir ahvol edi. 

Joli o`z sog`ligi bilan mish-mishlarga hech qanday fikr bildirmayapti. U BMTning ko`ngilli elchisi sifatida jamiyatda avvalgidek faol tarzda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, namunali ona sifatida olti nafar farzandlarini tarbiyalamoqda.


Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!