Uzoq umr ko`rishning 14 siri

11:34, 20 iyun

Baxt haqida hammaning o`z fikri, nuqtai nazari bor, biroq uzoq umr ko`rish haqida esa barchaga birday maslahat berish mumkin, deydi “Interesno.cc” nashri

1. Optimistlar uzoq umr ko`rishadi

Hayotga optistik nigoh bilan qarovchi insonlar nafaqat uzoq umr ko`rishadi, balki to`laqonli hayot kechirishadi. Optimizm stresslarning oldini olib, immunitetni mustahkamlaydi va bir qancha kasalliklarning oldini oladi. 

2. Oyog`ingizni asrang

Oyog`ingiz muskullari baquvvat bo`lsa, bu sabr-bardoshni oshiradi, balansni yaxshilaydi. Axir inson ko`p vaqtini yotib emas, tik oyoqda o`tkazadi. Mushaklar sog`lomligi qariganda suyaklar sinishining oldini olishga yordam beradi. 

3. Do`stlari ko`p odamning umri uzoq bo`ladi

Do`stlarning ko`pligi stressning oldini olishdagi muhim omillardan biridir. Yaqin do`stlar yuzaga kelgan muammolarning oldini olishda, uni bartaraf etishda ko`maklashishadi, ruhiy madad berishadi. Do`stlar bilan suhbat qurish kayfiyatni ko`taradi, qonda endorfin moddasi miqdorini oshiradi. 

4. Agar onangiz sizni yosh tuqqan bo`lsa, uzoq umr ko`rish imkoniyati ko`proq bo`ladi

Statistikaning ko`rsatishicha, agar sizni onangiz 25 yoshida tuqqan bo`lsa, sizda 100 ga kirish imkoniyati boshqalarnikidan ko`ra ko`proq bo`ladi. 

5. Uyingizda ozodalikka e`tibor bering

Uy tozalash nafaqat jismoniy mashq, balki xavfli mikroblarni yo`q qilishning eng qulay yo`llaridan biridir. Ammo tozalikka e`tibor beraman, deb oshirib yubormang, hamma narsaning o`z me`yori bor. 

6. Ilmli, ma`lumotli bo`lish uzoq umr ko`rishga yordam beradi

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, ilmli, oliy ma`lumotli insonlar boshqalardan ko`ra uzoq umr ko`radi. Bilim ularning hayotni yaxshiroq tushunishiga, zararli odatlarga ruju qo`ymasligiga yordam beradi. Bu erda gap diplom ustida ketmayapti, qo`lingizda universitetning diplomi bo`lishi shart emas. Mustaqil bilim olishga, o`qishga, o`rganishga intiling, o`z ustingizda ishlab, bilim doirangizni kengaytiring. 

7. Maqsadni to`g`ri belgilang

Muammolarga amaliy yondashishni o`rganing. Hayotiy muammolarga to`g`ri yondashish stresslarning oldini oladi, miya ish faoliyatini yaxshilab, uzoq umr ko`rishga sabab bo`ladi.

8. Rasioningizda go`sht miqdorini kamaytiring

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, rasioningizda go`sht miqdori yuqori bo`lsa, bu juda ko`p kasalliklarga sabab bo`ladi. Uzoq umr ko`rishni istasangiz kamroq go`sht iste`mol qiling.

9. To`q rangli mevalarga e`tiborli bo`ling

To`q rangli uzumlar, qizil uzum sharobi, chernika mevasi tarkibidagi polifenol yurak qon-tomir va ko`plab boshqa kasalliklarning oldini olishda katta rol o`ynaydi. 

10. Bolaligingizdan boshlab, vazningizga e`tiborli bo`ling

Agar noto`g`ri turmush tarzini kechirib, o`smirlik yoshingizdan boshlab, ortiqcha vaznga ega bo`lsangiz, kelajakda ham bu zararli odatdan qutulishingiz qiyin kechadi. Buning oldini olish uchun o`smirlik paytingizdan boshlab, vazningizga e`tiborli bo`ling.

11. Choy iching

Yaponiyaliklarning uzoq umr ko`rishiga ularning ko`p miqdorda choy iste`mol qilishi ham sababchidir. Chunki ko`k va qora choy tarkibidagi flavoniodlar — katexinlar yurakni baquvvat qiladi.

12. Ko`proq piyoda yuring

Agar kuniga 30 daqiqa davomida piyoda yursangiz, bu ishni bajarmaydiganlardan ko`ra to`rt barobar ko`proq umr ko`rish imkoniyatingiz mavjud bo`ladi. Bu sizga juda jo`n ko`rinsa ham, aslida piyoda yurish sog`likni saqlashda eng muhim omillardan biridir. 

13. Shirin, gazli suvni kamroq iste`mol qiling

Agar kuniga kamida bir stakan gazli suv ichadigan bo`lsangiz, qandli diabet, ortiqcha vazn, depressiya, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqori bo`ladi. 

14. Sog`lom insonlar bilan muloqotda bo`ling

Agar sog`lom turmush tarzini kechirishni istasangiz, bo`shashmang. Mabodo yomon odatlarga ega odam bilan muloqotda bo`lsangiz, ular ozgina go`sht esangiz, bir kunga sportzalga bormasangiz, hech nima bo`lmasligiga sizni ishontiradi. Har doim sog`lom va baxtli insonlar davrasida bo`lishga intiling, shunda siz ham ular kabi baxtli va sog`lom bo`lasiz!

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!