Rim meri sifatida ilk bor ayol saylandi

11:37, 20 iyun

Italiya etakchi partiyasidan nomzod bo`lgan Roberto Jaketti Rim merligiga saylovda o`zining mag`lubiyatini tan oldi hamda “Besh yulduz harakati” partiyasi vakili Virjiniya Rajini g`alaba bilan qutladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ikkinchi bosqichda Raji uchun 64−68% saylovchilar ovoz bergan. Birinchi bosqichda Raji 35% ovoz yiqqandi, ikkinchi o`rinni Jaketti egalladi.

37 yoshli Raji Rim meri sifatida saylangan ilk ayol bo`ldi.

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!