Gollivud aktyori Anton Elchinni o`z avtomobili bosib ketdi

11:38, 20 iyun

Asli kelib chiqishi rus-yahudiy millatiga mansub bo`lgan amerikalik aktyor Anton Elchin 19 iyun, yakshanba kuni avtohalokat oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda aktyorning vakili Jennifer Allenga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, Elchinning jonsiz tanasi uning San-Fernandodagi uyi oldidan topilgan. Aktyor do`stlari bilan rejalashtirilgan uchrashuvga kelmagani va qo`ng`iroqlariga javob bermaganidan xavotirga tushgan tanishlari unikiga kelgan. Anton uy darvozasiga o`rnatilgan pochta qutisi va o`z avtomobili o`rtasiga tiqilib qolgan edi. 

Aktyor “Terminator”, “Nyu-York, men seni sevaman”, “Startrek” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan edi. 
U endigina 27 yoshga to`lgan edi.

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!