Maksim Shaskixning o`ziga xos rekordi

12:46, 20 iyun

Yaqinda futboldagi faoliyatini tugatgan, O`zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shaskixning ham o`ziga xos rekordi bor.

Avval uning o`zi haqida ikki og`iz. MAksim Shaskix 1978 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Futboldagi faoliyatini 1993 yilda “Paxtakor” bolalar va o`smirar sport maktabida boshlagan. U o`z faoliyati davomida mamlakatimizdan tashqari Rossiya, Ukrani va Qozog`istonning bir qancha klublarida o`ynagan. 

U O`zbekiston terma jamoasida gol urish bo`yicha birinchi o`rinda turadi,  milliy terma jamoa safida esa 60 marta maydonga tushgan.

U milliy terma jamoa safida jami 4779 daqiqa harakat qilib,

O`zbekiston terma jamoasi safida 34ta gol urgan, bu hozirga qadar eng yaxshi natija hisoblanadi. 

Maksim Shaskix 2003, 2005, 2006 va 2007 yil yillarda “yilning eng yaxshi futbolchisi” deb tan olingan. Darvoqe? Ukrainada 2010 yilda legioner hujumchilar uchun Maksim Shaskix nomidagi maxsus klub ham tashkil etilgan.

Maksim futbolchi sifatida 26ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko`p Qatarga qarshi o`ynagan – 7 marta. Keyingi o`rinda Saudiya Arabistoni joylashgan - 6ta o`yin. Hozircha 34ta gol yuqori natija bo`lib turibdi, lekin biz futbolchilarimizdan bundan-da yuqori natijalarni kutib qolamiz.

“Darakchi” gazetasining 23 iyunda sotuvga chiqadigan 25-sonida “O`zimizning rekordlar” ruknida Samarqandda etishtirilgan ulkan qovoq va O`zbekistondagi eng baland sharshara bilan tanishishingiz mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!