Milliarderlar haqida 20 ta qiziqarli fakt

15:46, 20 iyun

Har bir milliarderning o`ziga xos g`alati odati mavjud. Ular bilan sizni “Interesno.cc” nashri tanishtiradi.

1. “Standart Oyl” kompaniyasi asoschisi Jon Rokfeller 1916 yilning 29 sentyabrida dunyoning ilk dollarli milliarderiga aylangan.

2. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bo`yicha eng ko`p milliarderlar asosan Amerikada yashaydi (500 ga yaqin), ikkinchi o`rinda Xitoy, uchinchi o`rinda Buyuk Britaniya turadi. Rossiya esa Germaniya va Hindistondan keyin oltinchi o`rinni egallagan.

3. Milliarder Bill Geyts amerikalik yozuvchi Frensis Skott Fisjeraldning muxlisidir. U adibning “Buyuk Getsbi” romanidan keltirilgan parchalarni uy kutubxonasi shiftiga ilib qo`ygan.

4. Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov talabalik paytlarida vogondan yuk tushirib, pul topgan, keyinchalik sobiq ittifoq davrida urfga kirgan zamonaviy “qaynatilgan” jinsilarni ishlab chiqaruvchi firma ochgan.

5. Amerikada mashhur bo`lgan “Opra Uinfri shousi” deb ataluvchi ko`rsatuv boshlovchisi, dunyoning ilk qora tanli milliarder ayoli hisoblanadi. Opra ikki yoshligida o`qishni o`rgangan, uch yoshligida esa cherkovda diniy oyatlarni ifodali tarzda o`qigan. Uning chiroyli talaffuzi televideniyada ishlashiga turtki bo`lgan. Opraning bolaligi qiyin kechgan, u to`qqiz yoshdaligida zo`ravonlik qurboni bo`lgan, 14 yoshda homilador bo`lib, ilk farzandini dunyoga keltirgan, ammo bola chaqaloqligidayoq vafot etgan, shundan keyin Opraga onalik baxti qayta nasib etmagan.

6. “Garri Potter” asari muallifi britaniyalik Joan Rouling dunyoda adabiyot orqali milliard dollarlab pul topish mumkinligini isbotlab bergan ilk adibadir. Taqqoslab ko`riladigan bo`lsa, Stiveng King o`z asarlari uchun 200 million dollar olgan. Joan Garri Potter haqidagi ilk asarini juda qiyin ahvolda, depressiyada yozgan. Uni eri qo`lidagi yosh bolasi bilan tashlab ketganligidan, pulsiz qolgan. U yosh sehrgar haqidagi asarini ko`tarib, 12 ta nashriyotga borgan, ammo ular asarni chop etishni istamagan. Faqatgina Bloomsbure nashriyotigina asarni olib qolishga rozi bo`lgan. Asar chop etilgach, katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Oradan uch yil o`tgach, Amerika nashriyotlari o`rtasida Joan Roulingning navbatdagi asarini chop etish huquqini qo`lga kiritish bo`yicha auksion o`tkazildi.

7. Britaniyalik Richard Brensons (400 xil turdagi ixtisosliklarni birlashtiruvchi Virgin Group korporasiyasi asoschisi) dunyodagi ilk ekstremal milliarder hisoblanadi. 

Richard turli ekstremal sayohatlar orqali dunyo rekordini o`rnatish tufayli milliardlarni qo`lga kiritgan. Masalan, u 1987 yilda Atlantika okeanini yonuvchi gaz bilan to`ldirilgan havo shari orqali kesib o`tgan. Richard tezlikni soatiga 209 kilometrga oshirib, dunyo rekordini o`rnatgan. Richard Brensons 2004 yilning mart oyida Gibbs Aquada amfibiya-avtomobilida 1 soatu 40 daqiqa 6 soniyada La-Manshni kesib o`tib, dunyo rekordini yangilagan. 

Richard do`sti bilan styuardessa kiyimini kiyish to`g`risida bahslashgach, do`sti AirAsia aviakompaniyasi direktori Toni Fernandesdan va`dasini amalga oshirish uchun yordam so`ragan. Uning roziligi bilan AirAsia kompaniyasi styuardessalari kabi qizil kostyum kiyib, va`dasining ustidan chiqqan. Bu uning eng g`alati qiliqlaridan biri bo`lgan.

8. Google asoschisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri hisoblangan Sergey Brin dunyoning oshkor etilmagan eng chiroyli milliarderlaridan biri deb tan olingan. 2013 yilda rafiqasidan ajrashgach, Sergey dunyoning eng orzu qilingan bo`ydoqlaridan biriga aylandi. Sergey Moskvada sovet olimlari oilasida dunyoga kelgan, u besh yoshga to`lganda ota-onasi doimiy yashash uchun Amerikaga ko`chib ketgan.

9. Shveysariyalik IKEA  kompaniyasi asoschisi, milliarder Ingvar Kamprad dunyoning eng xasis milliarderi hisoblanadi.

88 yoshli Ingvard eng arzon narxda savdo qiluvchi magazindan xarid qiladi, eski  Volvo avtomobilida yuradi, samolyotda faqat ekonom-klassda uchadi. IKEA kompaniyasi xodimlaridan ham tejamkorlikni talab qiladi, qog`ozning har ikkala tomoni to`lmasdan tashlab yuborishga ruxsat bermaydi. 

10.Eng ko`p bolali millarder deb, Saudiya Arabistonidan bo`lgan Abdul Aziz al-Rajiy tan olingan. Uning ettita xotinidan 60 nafar farzandi bor!

11. Las-Vegasdagi qimorxonalar boshlig`i bo`lgan Don Loxlin topgan tutganini krionika fani rivoji uchun sarflaydi. (Krionika o`lgan odamning jasadini muzlatib qo`yib, kelajakda tiriltirish bilan shug`ullanadi). Bundan tashqari u  Alcor Life Extension Foundation kompaniyasi mijozi bo`lib, bu kompaniya insonlar vafot etgandan keyin jasadni kelajakda tiriltirish uchun suyuq azotda saqlash bilan shug`ullanadi. Loxlin kelajakda egalik qilishdan umid qilib, pullarini ham kapsulada muzlatib qo`ygan.

12. Apple’ning asoschisi bo`lmish marhum Stiv Jobs eng kashfiyotchi milliarderlardan biri hisoblangan. Uning ham o`ziga xos g`alati qiliqlari bo`lgan. Stiv doimo raqamsiz avtomobillarni boshqargan. Kaliforniya shtati qonunlariga asosan avtomobil sotib olingandan keyin olti oygacha raqamsiz haydab yurish mumkin bo`lgandan, u har olti oyda avtomashina almashtirgan.

13.Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi bo`lgan, eng yosh milliarder Mark Sukerberg daltonik bo`lib, qizil va yashil rangni ajrata olmaydi, aynan shuning uchun Facebook ko`k rangdadir.

14. Rossiyalik milliarder Vladislav Doronin eng qo`li ochiq va saxiy milliarderlardan biri hisoblanadi. U Naomi Kempbell bilan uchrashib yurganida boyligining anchagina qismini unga sarflagan. 2008 yilning may oyida Sen-Tropezda Nautica yaxtasida Naomi sharafiga dabdabali ziyofat o`tkazgan. Ziyofatga Naomi uchun zargar Garri Uinston tomonidan yasalgan 142 dona javohir qadalgan, 600 ming evrolik kole keltirilgan. Keyinchalik Naomi Kembellga Braziliyadan 19 million dollarga hashamatli uy sotib olib bergan. 

15. Rossiyalik milliarder Roman Abramovich tasviriy san`at asarlari va haykallarni kolleksiya qilishni yaxshi ko`radi. Uning eng qimmatli xaridlari orasida Alberto Jakometti, Frensis Bekon va Lusien Freydlarning asarlari mavjud.

16. O`zi keksa bo`lsa-da, ko`ngli yosh bo`lgan 82 yoshli Richard Lugner eng qarimaydigan milliarder deb hisoblanadi. U 2014 yilning sentyabr oyida, 81 yoshda Playboyning sobiq modeli, 24 yoshli Keti Shmitsga uylandi. Richard shohona to`y o`tkazib, jurnallar uchun turli fotosessiyalarda faol qatnashgan. 

17. Dunyodagi yagona sportchi milliarder deb amerikalik golf o`yinchisi Tayger Vuds tan olingan. Ammo analiktiklar bergan ma`lumotga ko`ra, u asosiy daromadini sportdan emas, balki reklama aksiyalari orqali topgan. Shunga qaramay, Vuds nufuzli PGA turnirida 77 marotaba g`alaba qozongan.

18. Dunyoning yana bir go`zal milliarderi deb braziliyalik supermodel Jizel Byundxenni hisoblash mumkin. U modellik biznesidan tashqari, o`zining kosmetik markasiga ega hamda reklama aksiyalarida faol ishtirok etadi. 

19. Gonkonglik milliarder Li Kashin faqatgina platsmassadan yasalgan soatlarni taqadi. Bundan tashqari fen-shuy bilan shug`ullanib, do`stlariga uyga mebelni qanday joylashtirish to`g`risida maslahatlar berib boradi.

20. Hindistonlik milliarder Anil Ambani eng omadsiz milliarderlar ro`yxatiga kiritilgan. Bir necha yil davomida uning boyligi 10 milliarddan 5 milliardga tushib ketgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!