“MYu”dan haydalgan Van Galga Italiyada ish topilgan ko`rinadi

15:53, 20 iyun

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal Italiyaning “Milan” jamoasi boshqarishi mumkin, deb xabar bermoqda Calciomercato.

Gollandiyalik mutaxassis “Milan”da Kristian Brokkining o`rnini egallashi kutilmoqda. Milanliklar rahbariyati van Galning klubi obro`sini tiklay olishiga ishonadi.

Ma`lumot uchun, “Milan” o`tgan mavsumda Italiya chempionatini ettinchi pog`onada yakunlagan va evrokuboklardan mahrum bo`lgandi.

Ma`lumot uchun, van Gal 2014 yilda “MYu”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Omadsiz mavsumni ztkazgan mutaxassis may oyida o`z lavozimidan ozod etilgandi. Uning o`rnini “Chelsi” sobiq ustozi Joze Mourino egalladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!