Xillari Klinton yangi tug`ilgan nevarasining suratini ilk bor ommaga oshkor qildi

16:08, 20 iyun

AQSh prezidentligiga Demokratik partiya tomonidan nomzodi ko`rsatilgan Xillari Klinton Tvitteriga o`zi, turmush o`rtog`i Bill Klinton va yangi tug`ilgan nevarasining suratini joylashtirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

“Nevaramiz Eyden bilan vaqt o`tkazish qanday maroqli...” deb izoh qoldirgan Klinton.

2015 yilning dekabr oyi oxirida AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonning qizi Chelsi Klintonning ikkinchi farzandini kutayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!