Toshkentda “Gazel” ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Jabrlanganlar bor

09:25, 21 iyun

Bugun, 21 iyun kuni soat chamasi 9:00 da poytaxtimizning Grand Mir Hotel mehmonxonasi oldida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Ichida yo`lovchilar bo`lgan yo`lovchi tashuvchi “Gazel” rusumli transport vositasi ag`darilib ketdi.

Guvohlarning ma`lumot berishicha, YTH ayol kishi boshqaruvidagi “Spark” rusumli engil avtomobilning “Gazel”ning yo`liga chiqib ketishi oqibatida yuz bergan.

Voqea joyiga YPX va tez yordam mashinalari etib bormoqda. “Gazel”ning ichidagi yo`lovchilar ehtiyotkorlik bilan chiqarib olinmoqda. Jabrlangan bor, qurbonlar haqida aniq ma`lumotlar yo`q.

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!