23-24 iyun kunlari viza muddatlari tugagan xorijliklar jarimaga tortilmaydi

10:24, 21 iyun

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi 2016-yilning 23-24-iyun kunlari chet el fuqarolarining kirish vizalarida qayd etilgan O`zbekiston hududida bo`lish muddatlari ularga bog`liq bo`lmagan holda tugaganda ularga nisbatan O`zbekistonning tegishli organlari tomonidan jarima yoki boshqa choralar qo`llanilmasligi haqida axborot berdi..

Bunday qaror Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi o`tkazilishi munosabati bilan O`zbekiston aeroportlaridan xalqaro aviareyslarning kelish va ketish vaqtlaridagi ehtimoliy o`zgarishlar hamda qo`shni davlatlar bilan chegaralardagi ayrim o`tish joylarida vaqtinchalik cheklovlar o`rnatilishi munosabati bilan qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!