BMT: Erning har 113-aholisi qochoqlikda yashamoqda

10:26, 21 iyun

O`tgan yilning so`nggida ayanchli rekord qayd etildi: erning har 113-aholisi o`z uyini tashlab chiqishga majbur bo`lgan. 2015 yilda har daqiqada 24 kishi noilojlikdan ko`chmanchi bo`lgan. Bunday raqamlar BMTning qochoqlar ishi bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining hisobotida keltirilgan, deb yozadi Euronews.

“Afsuski, bir yilda o`sish 10 foizni tashkil qildi, – deydi BMTning qochoqlar ishi bo`yicha oliy komissari Filippo Grandi. – Bugun ular 65 million kishi. 90% qochoqlar qashshoq yohud turmush darajasi past mamlakatlarda. Qochoqlarning 50% bolalar”.

Qochoqlarning aksariyati Suriya, Afg`oniston va Somalidan ketmoqda. 

Faqat Germaniyaning o`ziga mamlakat ichki ishlar vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yili milliondan ortiq qochoq kirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!