Las-Vegasda qamoqqa olingan britaniyalik Trampga suiqasd uyushtirish niyatida bo`lganini aytdi

12:01, 21 iyun

Respublikachilar partiyasi tomondan AQSh prezidentligiga nomzodi ko`rsatilgan Donald Tramp tarafdorlari Las-Vegasda o`tkazayotgan mitingi paytida qo`lga olingan britaniyalik erkak bir yildan beri Trampga qarshi suiqasd o`tkazishga tayyorlanib kelganligini tan oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Britaniyalik Maykl Senford 18 iyun, shanba kuni Las-Vegasda o`tkazilayotgan miting paytida polisiya xodimining qurolini tortib olishga harakat qilgan. Erkak qo`lga olingandan keyin Trampga suiqasd uyushtirish maqsadida Las-Vegasga Kaliforniya shtatidan kelganligini ma`lum qilgan. Maykl Senfordda Britaniya haydovchilik guvohnomasi bo`lib, u 18 oydan beri AQSh hududida bo`lgan.  

Sud Senfordni garov evaziga chiqarishdan bosh tortdi. Sud hujjatlarida Senford Trampga suiqasd uyushtirish maqsadida bir yildan beri qulay vaziyatni kutganligi ko`rsatib o`tilgan. Senford Las-Vegasga kelishdan ilgari o`q otish poligoniga borib, avval quroldan foydalanmaganligi tufayli o`q uzishni mashq qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!