Nepallik chol o`qishni davom ettirish uchun maktabga qaytdi

12:43, 21 iyun

Nepallik pensioner maktabda o`qishni davom ettirishga qaror qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

O`qishning, bilim olishning erta-kechi yo`qligini anglagan nepallik 68 yoshli Durga Kami o`rta ma`lumotga ega bo`lish uchun mahalliy maktabga qaytgan. Rafiqasi vafot etgan pensioner chala qolgan o`qishini davom ettirib, hayotidagi bo`shliqni to`ldirish niyatida darslarga qatnamoqda. U tengdoshlaridan farqli ravishda har doim doskaga chiqib, javob berishga tayyor turadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!