Toshkentdagi 5 yulduzli Hyatt Regency ilk mehmonlarni qabul qildi

14:36, 21 iyun

Toshkentda ShHT sammiti oldidan besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qurib bitkazildi.

UzDaily.uz nashrining xabar berishicha, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi o`zining ilk mehmonlarini ham qabul qildi. Ular ShHT sammiti doirasida tashrif buyurgan ishtirokchilardir.

Mehmonxona 301 ta xona, ulardan 15% —oliy-darajadagi appartamentlardan iborat.

Hyatt Regency mehmonxonasi 2013 yilda qurila boshlangan. Loyiha qiymati $205 mln tashkil qiladi.

Loyiha O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi kreditlari hisobiga ($42 mln), AT «Xalq bank» (100 mlrd so`m) hamda Toshkent ma`muriyatining shaxsiy mablag`lari hisobiga moliyalashtirildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!