Koreyalik qizning noodatiy suratlari ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib ketdi(Foto)

14:44, 21 iyun 2016

Koreyaning Seul shahrida yashovchi qiz o`zining noodatiy suratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib ketdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Qiz noodatiy tashqi ko`rinishni grimm yordamida yaratadi. Uning Instagram`dagi sahifasini hozirgi kunda 20 ming nafar kishi kuzatib boradi. 

22 yoshli Deyn Yun Koreya san`ati milliy universitetida tahsil oladi. Qayd etilishicha, u suratlarini Photoshop dasturida qayta ishlamaydi. 

Deyn, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida grimm qilish jarayoni aks etgan videoroliklarni ham joylashtirib keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!