Bryusselda savdo markazini portlatish bilan tahdid qilgan shaxs qo`lga olindi

14:51, 21 iyun

Bugun, 21 iyun kuni Belgiyaning Bryussel shahrida savdo markazini portlatish bilan tahdid qilgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Bryusselb shahridagi savdo markazida portlash xavfi borligi haqidagi ma`lumot bugun tongda kelib tushgan. Shahar polisiyasi tezda savdo markazini o`rab olgan. 

Aniqlanishicha, portlash sodir etish bilan tahdid qilgan shaxsning yonidan portlovchi uskunaga o`xshash va ichi tuz bilan to`ldirilgan buyum topilgan. 

“26 yoshli yigit o`z rejasini amalga oshirish uchun puxta hozirlik ko`rgan ekan. Undagi buyum haqiqatdan ham portlovchi uskunani eslatadi”,—deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!