Jazoirda maktab imtihonlari paytida ijtimoiy tarmoq faoliyati to`xtatib qo`yildi

16:36, 21 iyun

Jazoir hukumati maktabda imtihonlar o`tkazilayotganligi munosabati bilan o`quvchilarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishlarining oldini olish maqsadida vaqtincha uning faoliyatini to`xtatib qo`ydi, deb xabar berdi “Russian news” nashri.

O`quvchilarning yarmidan ko`pi o`rta ma`lumot to`g`risidagi attestatni olish uchun qaytadan imtihon topshirishga majbur bo`lishdi va natijada imtihon olinayotgan xonalarda janjal ko`tarildi. 

Iyun oyining boshida “Feysbuk” va boshqa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`tkazilishi kutilayotgan imtihon savollaridan xabardor bo`lishgan. Jazoirda imtihonlarni qayta topshirish bir kun — yakshanba kuni bo`lib o`tgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!