Amerikalik uch dugona 100 yoshga to`lganliklarini birga nishonlashdi

16:43, 21 iyun

Vashingtonlik uch dugona 100 yoshga to`lganliklarini birga nishonlashdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bernis Grayms Andervud, Gledis Ver Batler va Rut Xemmett ismli qalin uch dugona 1916 yilning iyun va iyul oylarida dunyoga kelishgan.

“100 yoshga kirish hammaga ham nasib qilmaydi. Qolaversa, yaqin uch dugonalar bir asrlik tug`ilgan kunlarini har kuniyam nishonlayvermaydi” deb ta`kidlaydi nashr.

Bayram tantanalari mahalliy cherkovlardan birida bo`lib o`tgan. Ular bu tantanada to`rtinchi dugonalari Leona Barnsning ham qatnashishiga umid qilishgan edi, ammo u may oyida tug`ilgan kuniga ikki oy qolganda vafot etgan.

Uzoq umr ko`rgan buvijonlarni tabriklash uchun 200 ga yaqin odam yig`ilgan, shu bilan birga ularning farzandlari, nevaralari, chevaralari ham tashrif buyurishgan. 100 yillik tavallud ayyomlarini nishonlayotgan buvijonlarni mashhur siyosatchilar, boshlovchi Opra Unfri ham muborakbod etgan. Buvijonlar uzoq umr ko`rish sirlarini “Tangrining marhamati” deb izohlashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!