Butun dunyoda Xalqaro yoga kuni nishonlanmoqda

16:49, 21 iyun 2016

Bugun butun dunyoda Xalqaro yoga kuni nishonlanmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Hindistonda asosiy tadbir bosh vaziri Narendra Modi va 30 ming nafar yoga muxlisi ishtirokida Chandigarx shahrida bo`lib o`tdi.

“Mobil telefonni hayotingizning bir qismiga aylantirganingiz kabi yogani ham hayotingizning bir bo`lagiga aylantiring”, dedi Modi. 

Yoga bilan ommaviy ravishda shug`ullanish Xitoyda, Kambojada, Avstraliyada, Fransiyada, AQShda, Malayziyada va Ekvadorda ham bo`lib o`tdi. 

Bu bayramdan Rossiya ham chetda qolmadi. Hindistonning Rossiyadagi favqulodda elchisi Tvitterida Voronej, Penza va yana bir qancha shaharlarda ham yoga bayrami bo`lib o`tganligi haqida xabar qoldirdi.

2015 yilda Xalqaro yoga kunini nishonlash maqsadida Nyu-Deli shahri markazidagi Rajptax prospektiga 35 ming kishi to`plangan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!