Germaniyada eng katta burun chempionati o`tkazildi

16:52, 21 iyun

Germaniyaning Langenbruk shahrida eng katta burunni aniqlash bo`yicha chempionat o`tkazildi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.

Bu chempionat har besh yilda bir marta o`tkazilib, unda Evropa mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar qatnashadi. Bu tanlovda ikkinchi marotaba Xans Royst (Hans Roest) ismli ishtirokchi g`olib deb topilgan. Erkakning burun parametri haqida so`z yuritilmasa-da, unga “kartoshkasifat” deb ta`rif berilgan. Ishtirokchilar uchun o`zaro muloqot va xushkayfiyat mukofot o`rnini bosgan. Burunlar chempionati 1961 yildan beri o`tkazib kelinadi, unda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Musobaqaning birinchi bosqichida hakamlar hay`ati g`olib bo`lishi kutilayotgan insonni aniqlash maqsadida ishtirokchilarning burnini o`lchab ko`rishadi. Kimning burni eniga va bo`yiga katta bo`lsa, o`sha odam g`olib deb topiladi.

Ishtirokchilar burunlarini o`lchatayotganda uni kattalashtirishga harakat qilishadi. Masalan, avstriyalik Germann Machtinger (Hermann Machtinger) burnini kattalashtirib, g`alaba qozonish uchun tamaki hidlar ekan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!