Toshkentda soyabonlar xiyoboni paydo bo`ldi(Foto)

10:06, 22 iyun

20 iyun kuni Toshkent shahrida kichik soyabonlar xiyoboni paydo bo`ldi. Bu haqda “afisha.uz” xabar bermoqda. Poytaxtning Sodiq Azimov (S1) ko`chasidagi yo`lakcha bo`ylab 50 dan ziyod rang-barang soyabonlar osib qo`yilgan. 

Yaqin kunlarda mazkur xiyobon maxsus chiroqlar bilan yoritiladi. Bu esa xiyobonda tungi vaqtda ham sayr qilish imkonini beradi. Soyabonlar installyasiyasi joriy yilning avgust oyi o`rtalariga qadar ochiq bo`ladi.

Portugaliyada ushbu aksiya Umbrella Sky nomi bilan mashhur. Ilk bora 2011 yilda Agueda (Agueda) shahridagi tor ko`chalardan biri rangli soyabonlar bilan “yopilgan” edi. Shundan buyon har yili iyul oyida bu an`ana davom etib kelmoqda. Soyabonlar ostida turli ko`ngilochar tadbirlar o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!