Odamlar bilan yaxshi munosabatda bo`lish inson umrini uzaytiradi

11:16, 22 iyun

Do`stlar, qo`shnilar, hamkasabalar orasidagi va oiladagi iliq munosabatlar insonning nafaqat ruhiyatiga, balki sog`ligiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatib, uning baxtli va uzoq umr ko`rishiga sabab bo`ladi. Yolg`izlik esa xuddi alkogol va tamaki chekish kabi inson umrini qisqartiradi, deydi “Mail.ru” nashri. 

Bu erda gap sizning qancha do`stingiz borligi yoki nikohdan o`tganingiz haqida emas, balki qancha odam bilan yaqin, do`stona munosabatda ekanligingiz nazarda tutilgan. Nizoli vaziyatlarda yashash yolg`iz yashagandan ko`ra insonni ko`proq zaharlaydi. Shu bilan birga doim yolg`iz bo`lish inson ruhiyatining buzilishiga olib keladi, turli kasalliklarga chalinish ehtimoli paydo bo`ladi, hayotdan norozilik kuchayadi va o`limga olib keladi.

Agar o`z hayotidan mamnun bo`lgan do`stingiz sizdan uzoqda yashamasa, u bilan doimo muloqotda bo`lsangiz sizda ham baxt hissi 25 % ga oshadi. Er-xotinlarning (8%), aka-singillarning (14%) va qo`shnilarning (34%) orasida ham bunday ijobiy ta`sirni sezish mumkin. 

Yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagi 5 maslahatga amal qilishga harakat qiling:

1. Oilangiz va do`stlaringiz bilan ko`proq muloqot qilishga vaqt ajrating;

2. Muloqotni telefon, ijtimoiy tarmoq orqali amalga oshirmang, ko`nglingizga yaqin odamdan vaqtingizni ayamang, uchrashishga, yuzma-yuz gaplashishga intiling. 

3. Yaqinlaringizning, do`stlaringizning gaplarini diqqat bilan tinglashga, muammolarini hal qilishga, tushunishga harakat qiling. 

4. Shu bilan birga o`z kechinmalaringizni ham yashirmang, yaqinlaringiz ham sizga yordam berishga harakat qilsin;

5. G`arazli munosabatlarni aniqlashni o`rganing va ulardan qochishga harakat qiling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!