Yolg`iz yaponiyaliklar turmush qurish istagidan voz kechmoqda

11:42, 22 iyun

Yaponiyada oila qurish istagida bo`lgan erkak va ayollar soni kamayib bormoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Tadqiqotlar natijasida yaponiyalik yigirma yoshli bo`ydoqlar orasida so`rovnoma o`tkazilganda ularning 38,7 % gina uylanish istagi borligini bildirgan, bundan uch yil ilgari bu ko`rsatkich  67,1 % ni tashkil etgan.

Yigirma yoshli qizlarning 59 % i turmushga chiqish istagi borligini bildirgan (uch yil ilgari 82,2 % bo`lgan) .

Qizlarning yarmidan ko`pi, turmush o`rtoqlari o`rta hisobda yiliga 4 million yapon ienasini (38 ming dollar) pul ishlab topishi kerakligini bildirishgan. Bu miqdordagi pulni yaponiyalik yigitlarning 15,2 % gina ishlab topish imkoniga ega ekanligi aniqlangan. Shu tufayli bo`lsa kerak, yaponiyalik yigit-qizlar oila qurishni keyinga surmoqdalar.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2060 yilga borib, Yaponiya aholisi kamayib, 87 million kishiga tushish ehtimoli mavjud.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!