AQShlik fuqaro pochta xizmatining o`ta tezkorligidan shikoyat qildi

12:34, 22 iyun

AQShda yashovchi Brent Gregori o`ziga kelgan pochta jo`natmasini uyi yonidagi yo`lakchada yotganini ko`rib qoldi. Unga kelgan jo`natma qanday qilib yo`lakchada paydo bo`lib qolganini aniqlash maqsadida u kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni ko`rishga qaror qildi, deb xabar beradi “Tjournal”. 

Videodan ma`lum bo`lishicha, pochta xizmati xodimlari Brentning pochtasini mashinadan uloqtirib, tashlab ketgan ekan.

Bundan hayratlangan Brent videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi va tezkor pochta jo`natmalarining bunday tarzda ishlashini “Juda samarali” deb baholadi. U quti ichidagi jo`natmaga zarar etmaganini ham aytib o`tdi. Qutining ichida paypoq bor edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!