Dominikanda akula selfi qurboniga aylandi

15:48, 22 iyun

Ijtimoiy tarmoqlarda Dominikan Respublikasidagi plyajlardan birida dam olayotgan sayyohlar suvdan yirik moviy rangli akulani chiqarib olib, u bilan suratga tushayotgani aks etgan videolar tarqaldi. “Vesti” nashrining ma`lum qilishicha, sayyohlar bilan selfiga tushgan akula biroz muddatdan so`ng nobud bo`lgan. 

Gap shundaki, hordiq chiqaruvchilardan biri qirg`oqqa tiqilib qolgan akulani ko`rib qolgan va do`stlarini chaqirib,uni qirg`oqqa olib chiqqan. Sayyohlar yirtqich baliq bilan bir necha marta selfiga tushgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!