Aqlli insonlarning 10 ta odati

15:53, 22 iyun

Quyidagi belgilar orqali ro`parangizdagi insonning aqllilik darajasini qiynalmay, aniqlab olishingiz mumkin, deydi “Interesno.cc” nashri.

Aqllilikning 10 belgisi:
 

•  Ko`p ishni bajarsa-da, kamgap bo`ladi. Buning asosiy sababi, boshqalarni tinglash orqali bilim doirasi kengayishiga ishonadi.
•  Boshqalardan ko`ra ko`proq bilishadi. O`zining ustida tinimsiz ishlaydi.
•  Ishni, uyni va shaxsiy qiziqishlarini ustalik bilan boshqaradi. Ular o`rtasidagi muvozanatni doimo ushlab turadi, barcha ishlarini 100 % ga bajaradi.
•  Dolzarb axborotlarni tinglab boradi. Ijtimoiy tarmoq orqali mashhur saytlarni kuzatib boradi, dunyo yangiliklaridan xabardor bo`lishga intiladi.
•  Ishi chappasiga ketsa-da, labidan tabassum arimaydi. Yuzaga kelgan qiyin vaziyatdan vahimaga tushmaydi, balki og`ir-bosiqlik bilan undan chiqib ketish yo`llarini qidiradi.
•  Xonadagi eng aqlli odam ekanligini bilsa-da, buni isbotlash uchun vaqt sarflamaydi. Buning o`rniga xonadoshlaridan birortasining bilim olishiga yordam beradi, bilgan narsalarini o`rgatadi.
•  Agar rahbar bo`lsa, qo`l ostidagi xodimlarning bilimini oshirishga harakat qiladi, kollektivini mashhur qilishga intiladi. U xodimlariga nisbatan zug`um o`tkazmaydi, aksincha ularning boshqalardan ko`ra bilimli ekanligini namoyish qilishiga ko`maklashadi.
•  O`zi ega bo`lgan yashirin mahoratini kerak bo`lmasa oshkor qilmaydi. O`zining boshqalardan ortiq bo`lgan jihatini ko`z-ko`z qilmaydi.
•  Oliy ma`lumotga egaligini sir tutadi. U bilan qanchalik yaxshi tanish bo`lmang, rezyumesini ko`rmaguncha hech qachon qaerda o`qiganligini bilmaysiz.
•  U sizni har qanday vaziyatda ham axmoqqa chiqarmaydi. Tajribasidan kelib chiqib, kimnidir axmoqqa chiqarishning o`zi bema`nilik ekanligini yaxshi anglaydi.
•  Siz aqlli inson qanday fazilatlarga ega bo`lishini bilib oldingiz. Bunday xususiyatga ega bo`lish uchun Stiv Jobsning quyidagi fikriga qo`shiling:

“Atrofimizni o`rab turgan narsalarni yaratgan odamlarning hammasi ham bizdan ko`ra aqlli emas. Har bir inson buyumlarni o`zgartirish, ularga ta`sir qilish va yangisini yaratish qudratiga egadir”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!