Golivud aktrisasi Uma Turman otdan yiqilib, suyaklarini sindirdi

15:55, 22 iyun

Gollivud aktrisasi Uma Turman otdan yiqildi va bir nechta suyaklarini sindirib oldi, deb xabar beradi “Vesti” nashri. 

Aktrisaning ma`muri gazetalardan biriga intervyu berib, uning otdan yiqilgani va bir nechta suyaklarini sindirib olganini ma`lum qilgan. Uning aytishicha, mashg`ulot paytida ot hurkib ketgan va aktrisani tushirib yuborgan. 

Aktrisa hozirda yurishga biroz qiynalayotgani aytilmoqda. 

Yoz fasli endigina boshlandi. Uma Turman esa mavsum avvalida nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan jarohat oldi. Kann kinofestifalida aktrisa bilan bo`lgan voqeani OAVlar keng muhokama qilmoqda. Gap shundaki, kinofestivalda aktrisa Fiat imperiyasi merosxo`ri, italiyalik tadbirkor Lapo bilan uchrashdi. Lapo esa aktrisaning ruxsatisiz uni o`pib oldi. Bu holat esa OAVlar tomonidan muhokama mavzusiga aylantirildi.   

Turgan gapki, Uma Turman bunday noqulay vaziyatdan o`zini yomon his etmoqda, deydi aktrisaning ma`muri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!