Yozgi quyosh turishini tomosha qilish uchun Stounxejga minglab odamlar yig`ildi

17:01, 22 iyun

Buyuk Britaniyaning Stounxejida tongda yozgi quyosh turishini kuzatish uchun minglab odamlar yig`ildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

21 iyun, seshanba kuni dunyodagi eng mashhur, diqqatga sazovor Stounxejda quyosh soat 04.52 da bosh ko`tardi. “Ingliz merosi” madaniy yodgorliklarni asrash agentligining bergan xabariga ko`ra ob-havo juda yaxshi bo`lgan. “Tongda olomonning jo`r ovozda qo`shiq kuylashi bilan quyosh o`z yotog`idan bosh ko`tardi”, deb xabar berdi agentlik.

Stounxenj Buyuk Britaniyaning Uiltshir grafligida joylashgan bo`lib, uning hududidagi yodgorliklar Xalqaro Yunesko tasarrufidagi me`moriy obidalar merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!