Google`ga rahmat aytgan buviga kompaniya ma`muriyati javob qaytardi

17:07, 22 iyun

86 yoshli buvining Google`ga noodatiy murojaatiga kompaniya ma`muriyati javob berdi

Google qidiruv tizimi keksa buvining xushmuomalalik bilan “iltimos” va “rahmat” deb yo`llagan savollariga javob berdi. Bu haqda Britaniyaning Google qidiruv tizimi o`z tvitterida yozdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Buvining nevarasi Ben Jon kampirning Google qidiruv tizimiga bergan savollarini skrinshot qilib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Unda quyidagicha savol berilgan: “Iltimos, MCMXCVIII rim raqamlari ma`nosini tushuntirib bering. Rahmat”. Qisqa fursatda bolaning tviti 17 ming retvit va 25 marotaba layk yiqqan.

 “Hurmatli, Bena buvi! Qidiruv tizimiga milliardlab berilgan savollar orasidan faqatgina sizning savolingiz yuzimizga tabassum yugurishiga sabab bo`ldi. Bu 1998 sonidir. Rahmat, sizga!”— deb javob berdi Google o`z tvitida.

Ular kampirning xushmuomalaligini britaniyaliklarga xos xususiyat deb hisoblashdi va o`z navbatida qidiruv tizimi ham unga javoban shunday munosabatda bo`lishi lozimligini ta`kidladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!