23-24-iyun kunlari harakat cheklanadigan ko`chalar ro`yxati e`lon qilindi

18:09, 22 iyun

O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ShHT sammiti munosabati bilan 23-24-kunlari avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadigan ko`chalar ro`yxatini e`lon qildi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlarining Toshkent Sammiti o`tkazilishi munosabati bilan 2016 yilning 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrining quyidagi ayrim ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi ko`zda tutilgan:
-Qori Niyoziy ko`chasining Niyozbek yo`li ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Abdulla Qodiriy ko`chasining Abay ko`chasidan Movarounnahr ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Osiyo ko`chasining Zulfiyaxonim ko`chasidan Amir Temur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Kichik halqa avtomobil yo`lining Amir Temur shoh ko`chasidan Ko`rgazma ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Shastri ko`chasining “O`zbekiston ovozi” ko`chasidan Mustaqillik shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Yahyo G`ulomov ko`chasining “O`zbekiston ovozi” ko`chasidan Oloy ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Shaxrisabz ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasidan Istiqbol ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Amir Temur shoh ko`chasining Osiyo ko`chasidan Shahrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Oloy ko`chasining Yahyo G`ulomov ko`chasidan Shahrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-“O`zbekiston ovozi” ko`chasining Yahyo G`ulomov ko`chasidan Shahrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Taraqqiyot ko`chasining kichik xalqa avtomobil yo`lidan Shahrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Istiqbol ko`chasining Shahrisabz ko`chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo`lgan qismida;
-O`zbekiston shoh ko`chasining Taras Shevchenko ko`chasidan Amir Temur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Shohjahon ko`chasining Askiya ko`chasidan Bobur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-Rakat ko`chasining Askiya ko`chasidan Bobur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
-O`rikzor ko`chasining Askiya ko`chasidan Bobur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;

Tadbir o`tkaladigan kunlari Toshkent shahrining Nukus, Mustaqillik, Mirzo Ulug`bek va Do`rmon yo`li ko`chalari va ularga tutash ayrim ko`chalarda transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi mumkin. 
 

IIV matbuot xizmati shuningdek, yo`l harakati qatnashchilaridan zarurat bo`lmaganda ushbu ko`chalardan shaxsiy transportlarida imkon qadar harakatlanmasliklarini va jamoat transportidan foydalanishlari maqsadga muvofiq ekanligini ta`kidladi.
 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!