Avstriyada aqliy salohiyati past ayoldan farzandlari tortib olindi

11:34, 23 iyun

Avstriyada ijtimoiy xizmat xodimlari avtriyalik 34 yoshli Evelin Myullerning ikki farzandini tortib oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ularning fikricha, aqliy salohiyati pastligi tufayli ayol qizi va o`g`liga etarlicha tarbiya bera olmaydi. Hozirda bolalarni aqliy salohiyati yuqori bo`lgan oilaga topshirish rejasi tuzilgan. Bolalarning to`ng`ichi ikki yoshda, hozirda u bolalar uyiga topshirilgan.

Evelin Myullerning aqliy salohiyati 64 ball deb baholangan. Bunday ko`rsatkich har 122 odamdan biriga to`g`ri keladi. Ijtimoiy xizmat xodimlarining fikricha, bunday aqliy salohiyatga ega odam bola tarbiyasi bilan etarlicha shug`ullana olmaydi. Evelin Myuller yordam so`rab Fly xayriya tashkilotiga murojaat qildi va mamlakatda dong`i ketgan advokat Nikolaus Rastani ham ishga jalb etdi. Advokatning aytishicha, ayol onalik burchini bajarishga loyiq, o`rta ma`lumot olishga aqli etgan odam, bolani ham tarbiya qila oladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!